11:00 / 11.07.2019
6 100

Gulnora Karimovaning qizi Shavkat Mirziyoyevdan onasini ozod qilishni so‘radi

Gulnora Karimovaning qizi Shavkat Mirziyoyevdan onasini ozod qilishni so‘radi
Gulnora Karimovanining qizi Imon Karimova Instagram’dagi sahifasi orqali O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llab, onasini ozod qilishni so‘radi, deb xabar beradi Uz24.

Imon onasi bilan uchrashgani, uning og‘ir ahvolda ekani va jarrohlik amaliyotiga o‘ta muhtojligi haqida yozgan. Shuningdek Imon davlatga xiyonat, terrorizm va vahobizm kabi jiddiy jinoyatlarda ayblanayotgan ayollar Oliy Sud tomonidan har oyda ozodlikka chiqarilayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Foto: Uz24

Avvalroq Adliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli xabarlar yuzasidan Gulnora Karimova saqlanayotgan ayollar koloniyasida o‘rganish o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi. O‘rganish xulosasiga ko‘ra, 2019 yilning mart oyida koloniyaga kelgan Gulnora Karimovaning salomatligini ta’minlash maqsadida bir necha bor malakali tibbiy yordam tashkil etilib, Sog‘liqni saqlash vazirligining tajribali mutaxassislarining (kardiolog, ginekolog, stomatolog, yuqumli kasalliklar shifokori, funksional diagnostika shifokori, UTT shifokori, endokrinolog, gastroenterolog, ruhshunos va boshqa shifokorlar) tavsiyalari berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimovaning qizi Shavkat Mirziyoyevdan onasini ozod qilishni so‘radi