23:15 / 13.07.2019
5 606

“Minor” masjidida katta miqdorda pul o‘g‘irlandi

“Minor” masjidida katta miqdorda pul o‘g‘irlandi
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Minor” jome masjidida o‘g‘rilik sodir etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea joriy yilning 8 iyul kuni soat 13:00 da sodir bo‘lgan. “Minor” masjidida 18 yoshli Bilol X. va uning 2 nafar jinoiy sheriklari bilan qiymati 70 AQSh dollariga teng bo‘lgan va 25 yoshli Sunnatillo O.ga tegishli bo‘lgan sumkani o‘g‘irlagan. Sumkada Powerbank, barsetka, mobil telefon, aviachipta, milliy va xorijiy valyutada katta miqdorda pul bo‘lgan.

Bilol X. voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lganida IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Uning jinoiy sheriklarini ushlash choralari ko‘rilmoqda. Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi ("O‘g‘rilik") asosida jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Minor” masjidida katta miqdorda pul o‘g‘irlandi