08:13 / 23.07.2019
1 934

Xivada Malayziya kompaniyasi tomonidan yuqori tezlikdagi internet joriy qilinadi

Xivada Malayziya kompaniyasi tomonidan yuqori tezlikdagi internet joriy qilinadi
19 iyul kuni O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmanov mahalliy «Hadid Engineering» kompaniyasi boshqaruvi raisi Suxpiyon Orifin bilan uchrashdi.

Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, elchixonada o‘tgan uchrashuvda Xiva shahrida yuqori tezlikdagi simsiz internetni (WiFi) joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

«Hadid Engineering» - telekommunikatsiya va injiniring xizmatlarini taqdim etuvchi, shuningdek, yirik sanoat, tijorat va uy-joy ob’ektlarini qurish bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniyadir. 2019 yil yanvar oyida Toshkentda kompaniya tomonidan O‘zbekistondagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun «Hadid Kazanakh» MChJ tashkil qilingan edi. Bu yo‘nalishda Malayziyaning yirik internet provayderi «TM Global» bilan hamkorlik qilish ham ko‘zda tutilgan.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, 2019 yil sentyabr oyida Xorazm viloyatida kompaniya vakilligini ochish haqida ham kelishib olindi. Vakillik «Hadid Engineering» kompaniyasining investitsiyalarini jalb qilgan holda Xiva shahrida va O‘zbekistonning boshqa hududlarida yuqori tezlikdagi internetni joriy qilish loyihalari bilan shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xivada Malayziya kompaniyasi tomonidan yuqori tezlikdagi internet joriy qilinadi