13:09 / 24.07.2019
3 514

Qonunbuzarning 306 grammdan ortiq yashirilgan zargarlik buyumlari fosh qilindi

Qonunbuzarning 306 grammdan ortiq yashirilgan zargarlik buyumlari fosh qilindi
Bojxonachilar tomonidan zargarlik buyumlarini noqonuniy yo‘llar bilan olib o‘tishga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatiga o‘z vaqtida yakun yasaldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro S.Q.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Natijada, uning kiyimlari orasida umumiy qiymati 9,1 million so‘mlik 306,33 gramm og‘irlikdagi kumush taqinchoqlar yashirilgani aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qonunbuzarning 306 grammdan ortiq yashirilgan zargarlik buyumlari fosh qilindi