O‘zbekistonda fuqarolar faqatgina ov qurolini meros qoldirishi, sovg‘a qilishi va litsenziyaga ega yuridik shaxslarga sotishi mumkin. Bu haqda Milliy gvardiyaning Nazorat-ruxsat berish faoliyati bo‘limi bosh inspektori Alisher Musayev bugun «Taraqqiyot strategiyasi» markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi Kun.uz nashri.
«Mukofot tarzida olingan jangovar qurolni esa Milliy gvardiya organlariga ro‘yxatga qo‘yishi kerak va unga qurolni saqlash, olib yurish ruxsatnomasi muddati cheklanmagan holatda beriladi. Lekin ushbu qurol egasi vafot etganidan so‘ng meros sifatida qoldirib bo‘lmaydi. Uni Milliy gvardiyaga albatta, topshiradi», – dedi Musayev.
Uning ta’kidlashicha, fuqaro biror sabab tufayli doimiy yashash joyidan boshqa hududga uch oydan ortiq muddatga ketayotgan bo‘lsa, u qurolini Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalariga yozma tarzda murojaat qilish orqali vaqtinchalik saqlashga topshiradi.
Shuningdek, qurol egasida doimiy ro‘yxatda turgan joyidan boshqa manzilda yashash zarurati tug‘ilsa, u o‘n kun muddat ichida Milliy gvardiya organlariga xabar berishi kerak va shundan so‘ng qurol ro‘yxatga kiritiladi.
Qurolga oid munosabatlarda vakolatli organ vakillarining ma’lum qilishicha, jamoat joylarida, shahar, shahar atrofiga qatnovchi, shaharlararo va xalqaro transportda qurolni ochiq holda (g‘ilofsiz) olib yurish taqiqlanadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lgan fuqarolar fuqaroviy sport qurolini va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini, 21 yoshga to‘lgan fuqarolar fuqaroviy ov qurolini olish huquqiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi