07:41 / 12.10.2019
3 123

1 yanvardan bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar hamda hokimlar mulk va daromadlarini deklaratsiya qiladi

1 yanvardan bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar hamda hokimlar mulk va daromadlarini deklaratsiya qiladi
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Prezidentining «Davlat xizmatchilari ayrim toifalarining mol-mulkini, daromadlari va xarajatlarini deklaratsiyalash va zarur texnik infratuzilmani bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi. Loyiha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda davlat xizmatchilari ayrim toifalarining, shuningdek ularning oila a’zolarining (ota-onalari, turmush o‘rtog‘i va farzandlari, shu jumladan, farzandlikka olingan oila a’zolari) mol-mulki, daromadlari va xarajatlari har yillik deklaratsiyalash yo‘li bilan nazoratga olinishi rejalashtirilmoqda.

Deklaratsiya davlat xizmatchisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda topshiriladi. Qayd etilishicha, deklaratsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonun bilan himoya qilinadi.

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga deklaratsiyalarda axborotning ishonchliligi va to‘liqligini tanlab nazorat qilish huquqini berish rejalashtirilgan. Davlat soliq qo‘mitasi davlat xizmatchilari va ularning oila a’zolarining daromadlari, mol-mulki va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasining operatori vazifasini bajaradi.

«Davlat xizmatchilari tomonidan daromad, mol-mulk va xarajatlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmaslik, yoxud ular tomonidan mol-mulk, daromad va xarajatlar to‘g‘risida to‘liq yoki noaniq ma’lumotlarni taqdim etish, agar bunday ma’lumotlarni taqdim etish majburiy bo‘lsa, u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki ishga qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi», deyiladi hujjat loyihasida.

2020 yildan daromad va mol-mulkini kimlar deklaratsiyalashi kerak:
1. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri, Senati raisi, ularning birinchi va boshqa o‘rinbosarlari;
2. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va boshqa o‘rinbosarlari, bosh vazir o‘rinbosarlari maslahatchilari;
3. Hisob palatasi, Markaziy saylov komissiyasi, Markaziy bank raislari hamda ularning birinchi va boshqa o‘rinbosarlari;
4. Vazirlar (davlat qo‘mitalari raislari, respublika davlat boshqaruv organlarining birinchi rahbarlari), ularning birinchi va boshqa o‘rinbosarlari;
5. Davlat boshqaruvi organlarining hududiy boshqarmalari boshliqlari, ularning birinchi va boshqa o‘rinbosarlari;
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning birinchi va boshqa o‘rinbosarlari;
7. Prezident ma’muriyati, Qonunchilik palatasi va Senat devoni, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatining ayrim mansabdor shaxslari;
8. Prokuratura organlari xodimlari, davlat xavfsizlik xizmati xodimlari, milliy gvardiya, ichki ishlar organlari xodimlari;
9. Ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan davlat korxonalari va aksiyadorlik kompaniyalari (jamiyatlari) rahbarlari, shuningdek, ularning o‘rinbosarlari.

2021 yildan:
1. Vazirlik va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari, shuningdek ularning o‘rinbosarlari;
2. Qonunchilik palatasi va Senat apparatlarining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari;
3. Viloyat, tuman va shahar hokimlari apparatlarining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari;
4. Ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan davlat korxonalari va aksiyadorlik kompaniyalari (jamiyatlari) tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, shuningdek, ularning o‘rinbosarlari.

2022 yildan:
1. Ishlab chiqarish, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro hokimiyati organlarining boshqa xodimlari;
2. Ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan davlat korxonalari va aksiyadorlik kompaniyalari (jamiyatlari) Markaziy boshqaruv organlarining boshqaruv xodimlari;
3. Byudjet tashkilotlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 yanvardan bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar hamda hokimlar mulk va daromadlarini deklaratsiya qiladi