17:49 / 17.10.2019
2 914

Ma’muriy qamoq jazosi alimentchi otani uyg‘otib yubordi

Ma’muriy qamoq jazosi alimentchi otani uyg‘otib yubordi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining 28.07.2017 yildagi ijro hujjatiga asosan Kogon shahrida yashovchi R.Radjabov undiruvchi F.Latipova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lashi belgilangan bo‘lishiga qaramasdan oradan 2 oydan ko‘proq vaqt mobaynida aliment pulini to‘lamagan.

MIB Kogon tumani bo‘limi ish yurituvidagi aliment ishi bo‘yicha R.Radjabovning aliment to‘lovlarini ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi oqibatida aliment qarzi 2 mln. 419 ming so‘mni tashkil qiladi.

Buxoro tuman ma’muriy sudining 15.10.2019 yildagi qaroriga asosan R.Radjabov O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ma’muriy qamoq jazosi alimentchi otani uyg‘otib yubordi