17:36 / 21.10.2019
7 162

“Karat” tushunchasi qachon paydo bo‘lgan?

“Karat” tushunchasi qachon paydo bo‘lgan?
Inson har xil usullar bilan boylik to‘plashga harakat qiladi, ayrimlar pullarini ko‘paytirishga harakat qilsa, ayrimlar yillar davomida qiymatini yo‘qotmaydigan tilla va qimmatbaho toshlarni yig‘ish hamda ko‘paytirishga harakat qiladi.

Toshlar, zargarlik buyumlarining qimmatbaho ekanligini qanday aniqlash mumkin?! Mutaxassisga bersak, buyumga qarab aniqlab bera oladi, desangiz adashasiz.
Zargarlik olamida karat degan tushuncha mavjud. Bu o‘lchov birligi qimmatbaho toshlar va marvaridlarni o‘lchash uchun qo‘llaniladi. 1 karat 200 milligramga teng. Toshdagi karatlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, u shunchalik qimmatbahodir.

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qadim zamonlarda insonlar orasida o‘lchov va og‘irlik tushunchalari mavjud bo‘lmagan. Turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar tovar aytboshlashda kelishishning turli usullariga murojaat qilgan. Ya’ni, har bir savdogar o‘zicha ish ko‘rgan. Shu o‘rinda zargarlar ham toshlarning og‘irligini o‘lchash uchun daraxt mevasining qo‘zoqlarini asos qilib olganlar. Ularning vazni o‘rtacha va shu bilan birga barqaror edi.

Ushbu mahsulotning nomi aksariyat tillarda karat shaklida talaffuz qilingan. Va shu orqali juda qadimdan bu tushuncha paydo bo‘lgan. Ammo qimmatbaho tosh sotuvchi savdogarlar uzoq vaqt davomida savdo paytida kelisha olmaganlar. Sababi arab karati 223 milligramni tashkil qilgan bo‘lsa, ingliz karati 205,3 milligram, Misr karati esa 195 milligramga teng sanalgan. Savdogarlar uchun haqiqiy qulaylik 1907 yilga kelib yaratildi. Bu paytda butun dunyoda bir karatning 200 milligramga teng ekanligi tan olingan.

Tushunganingizdek, sizdagi qimmatbaho toshning tarkibida qancha karat ko‘p bo‘lsa, uning narxi ham shunga ko‘ra oshib boraveradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Karat” tushunchasi qachon paydo bo‘lgan?