Joriy yilning 22 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri Davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi.
Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini erkinlashtirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Avvalgi tahrirdan farqli o‘laroq, yangi tahrirdagi Qonun bir qator me’yorlar va mexanizmlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, unda valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilishning asosiy tamoyillari belgilandi. Xususan:
- valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi;
- valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligi;
- rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi asosiy tamoyillar sifatida belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari, milliy valyutaning mavqeini kuchaytirish maqsadida, davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar milliy valyutada undirilishi, tovar va xizmatlar uchun narxlar hamda jamiyatlarning ustav kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada o‘rnatilishi qonun darajasida belgilandi.
Shu bilan birga:
- valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi mablag‘larning erkin tasarruf etilishi;
- valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bir qator ruxsat berish tartibotlarining bekor qilinishi;
- tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni O‘zbekiston Respublikasiga repatriatsiya qilish bo‘yicha talablar;
- rezident jismoniy shaxslar tomonidan xorijda cheklovlarsiz hisobvaraqlar ochishga ruxsat berilishi;
- jismoniy shaxslar o‘rtasida nosavdo valyuta operatsiyalari bo‘yicha 100 mln. so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan miqdordagi pul o‘tkazmalari amalga oshirilishi mumkinligi;
- jismoniy shaxslar tomonidan 100 mln. so‘m ekvivalentidan oshmagan miqdordagi naqd pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan erkin olib chiqilishi nazarda tutilmoqda.
Qonunning yangi tahririda valyuta operatsiyalarining amaliyotdagi mavjud turlari qamrab olindi hamda qonunchilikdagi havola qiluvchi normalar maksimal darajada qisqaritirildi va mazkur Qonun to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunining yangi tahriri qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida bugun soat 15:00 da ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing tashkil etilmoqda. Mazkur brifing davomida Qonunning yangi tahriri yuzasidan batafsil ma’lumotlar keng jamoatchilikka yetkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi