16:15 / 22.11.2019
2 802

Yashirin tarmoq salkam 5 mln. so‘m zarar yetkazdi

Yashirin tarmoq salkam 5 mln. so‘m zarar yetkazdi
Bugungi kunda elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvidan tejab-tergab foydalanish, iste’mol qilingan bu ne’matlar uchun vaqtida to‘lovni amalga oshirish har bir fuqaroning burchidir.
Biroq, ana shu ma’suliyatni ayrim iste’molchilar tomonidan unutib qo‘yilayotgani Byuro organlari tomonidan olib borilayotgan kunlik tadbirlar davomida aniqlanmoqda.

Jumladan, MIB Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan Rovut mahallasida o‘tkazilgan monitoring davomida huquqbuzarlik holatini aniqladilar, ya’ni fuqaro B.To‘raboyevning yashash xonadonida to‘lov intizomiga amal qilish va energiya resurslaridan foydalanish holati ko‘rilganda antiqa holatga duch kelindi. Ya’ni ushbu fuqaro elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa yashirin ravishda ulanib, foydalanib kelganligi fosh bo‘ldi.

Ushbu noqonuniy hatti–harakati bilan fuqaro B.To‘raboyev ta’minotchi korxona manfaatlariga salkam 5 million so‘m zarar yetkazgani aniqlandi va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 101-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etgan deb topildi. Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.

Ma’lumot o‘rnida: MIB Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning 10 oyi mobaynida energiya resurslari, ichimlik suvidan foydalanish bilan bog‘liq 138 ta huqubuzarlik holati fosh etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashirin tarmoq salkam 5 mln. so‘m zarar yetkazdi