20:18 / 04.12.2019
2 023

3 yil mobaynida otaga 12 million soʻmdan koʻp qarz hisoblandi

3 yil mobaynida otaga 12 million soʻmdan koʻp qarz hisoblandi
Fuqarolik ishlari boʻyicha Ohangaron tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor B.Xamdamov, undiruvchi N.Usmonova foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi taʼminoti uchun ish xaqi va daromadining ¼ qism miqdorida aliment undirilishi belgilangan boʻlsada, B.Xamdamov ishsiz ekanligini vaj qilib, uch oydan ortiq muddat mobaynida farzandini moddiy taʼminlashdan qasddan boʻyin tovlab kelgan.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 140-moddasiga koʻra, agar aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs, shu davrda ishlamagan boʻlsa yoki daromadlarini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilmagan boʻlsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtdagi Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan oʻrtacha oylik ish haqidan hisoblab chiqilishi koʻrsatilgan.

Hozirda esa Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha ish haqi 1.993.598,9 soʻmni tashkil qiladi.

Majburiy ijro byurosi Boʻka tuman boʻlimi davlat ijrochisining aliment qarzini hisoblash toʻgʻrisidagi qaroriga asosan, qarzdor B.Xamdamovning alimentdan boʻlgan qarzdorligi 39 oy davomida, jami 12.458.395,03 soʻmni tashkil qilgan.

Mazkur xolat yuzasidan B.Xamdamovga nisbatan, qonunning tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 3 yil mobaynida otaga 12 million soʻmdan koʻp qarz hisoblandi