14:34 / 11.12.2019
3 042

XDP vakili: “Oʻzbekistonning 25 yillik taʼlim dasturi xato edi”

XDP vakili: “Oʻzbekistonning 25 yillik taʼlim dasturi xato edi”
Boymurod Yusupov/Foto: Xalqaro press-klub
Siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida suratga olinayotgan “Demokratik debat” tok-shousining 10-dekabr kungi sonida Ichki va tashqi migratsiya, xususan, mehnat muhofazasi, huquqiy himoya va migrantlarning pensiya taʼminoti masalalari muhokama qilindi.

Unda Xalq demokratik partiyasi vakili sifatida soʻzga chiqqan Boymurod Yusupov mamlakat yoshlari ichida migrantlar sonining oshib borishini oʻtgan davrda taʼlim tizimi uchun tanlangan milliy dasturning xato boʻlgani bilan izohladi.

«Taʼlim uchun tanlangan dastur xato edi. Buning uchun davlatning milliardlab puli ketdi. Natijada uch yil kollejda oʻqigan bolani ota-ona majbur boʻldiki, 3 oylik kurslarda qayta oʻqitishga.

Davlatning shuncha katta mablagʻi sarflanib, 3 yilda berilmagan bilimni 3 oyda xususiy kurslar berardi.

Oʻzingizga savol bering, bugungi kunda Oʻzbekistonda qanchadan-qancha ilmiy ishlar yozilib, doktorlik dissertatsiyalari yoqlanadi. Lekin ularning qanchasi sanoat, ishlab chiqarish va hayotga tatbiq qilinayapti? Demak bu toʻgʻridan-toʻgʻri taʼlim bilan bogʻliq. Agar mana shu ilmiy yangiliklar tahlil qilinganda edi, biz intellektual salohiyatli davlatlari qatorida boʻlardik», dedi Boymurod Yusupov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » XDP vakili: “Oʻzbekistonning 25 yillik taʼlim dasturi xato edi”