Yo’lovchining hayoti saqlab qolindi

  • 13 dekabr 2019, 10:26
  • 1 210
  • Jamiyat
  • Yo’lovchining hayoti saqlab qolindi
    Joriy yilning 11 dekabr kuni soat 12:25da “Qamchiq” navbatchilik maskani navbatchi – dispetcheriga “Neksiya” va “Lasetti” rusumli avtomashinalari hamda “MAN” rusumli yuk mashinasi ishtrokida yo’l transport hodisasi sodir bo’lganligi to’g’risida xabar kelib tushdi.

    FVV xabariga ko’ra, “Vodiy–Toshkent” yo’nalishida harakatlanib ketayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi Q.D. boshqaruvni yo’qotib, yulning qarama-qarshi yo’nalishiga chiqib ketgan. Natijada, qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanib kelayotgan “MAN” rusumli yuk mashinasi hamda “Lasetti” rusumli avtomashinasi ishtirokida yo’l transport hodisasi sodir bo’lgan.

    Voqea joyiga “Rezak” navbatchilik maskanidan X.Raxov boshchiligida 3 nafar qutqaruvchilar hamda “Sherobod” yo’l patrul xizmati, “Rezak” tez tibiy yordam maskani xodimlari zudlik bilan yetib borishgan.

    Ayanchlisi, sodir bo’lgan yo’l taransport hodisasi oqibatida “Neksiya” avtomoshinasi haydovchisi J.Q. voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, Mazkur mashinada bo’lgan J.I. og’ir jarohat olganligi sababli Pop tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Shuningdek, “Lasetti” rusmli avtomashinada bo’lgan 3 nafar hamda “Man” rusmli yuk mashinasida bo’lgan 1 nafar fuqarolarga tan jarohati yetmagan.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yo’lovchining hayoti saqlab qolindi