15:55 / 13.12.2019
3 316

2020 yil 1 apreldan O‘zbekistonda shaxsni ushlashda yangi tartib o‘rnatiladi

2020 yil 1 apreldan O‘zbekistonda shaxsni ushlashda yangi tartib o‘rnatiladi
Foto: REUTERS
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan belgilanishicha, 2020 yil 1 apreldan boshlab:

shaxsni ushlab turish, unga protsessual huquqlarini tushuntirish, himoyachidan voz kechish harakatlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibi joriy etiladi;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari zimmasiga ular tomonidan shaxs ushlanganidan so‘ng uning ushlangani va ushlab turilgan joyi to‘g‘risida uning oila a’zolaridan birini, ular bo‘lmagan taqdirda esa, boshqa qarindoshlarini yoki yaqin kishilarini darhol xabardor qilish bo‘yicha majburiyat yuklanadi.

2020 yil 1 iyuldan boshlab huquqni cheklaydigan protsessual majburlov choralarini qo‘llash, jumladan shaxsni ushlab turish holatlari yagona elektron hisobga olish tizimiga kiritib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2020 yil 1 apreldan O‘zbekistonda shaxsni ushlashda yangi tartib o‘rnatiladi