Sindorov 25-yurishdagi xatoga qaramay peshqadamligini saqlab qoldi...

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 8 aprel kuni Nomzodlar turnirining 9-turida Mattias Blyubaum bilan durang o‘ynab, 7 ochko bilan peshqadamligini saqlab qoldi.
- Sindorov 25-yurishda b7 yurishini ko‘rmay qoldi, shundan so‘ng partiya teng endshpilga o‘tib, durang bilan yakunlandi.
- Shu turda Anish Giri 5,5 ochkoga yetib, Sindorov bilan farqni 1,5 ochkogacha qisqartirdi, Javohir esa 10-partiyada Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi oq donalarda o‘ynaydi.
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 8 aprel kuni Nomzodlar turnirining 9-turida qora donalarda o‘ynab, Germaniyadan kelgan Mattias Blyubaum bilan durang qayd etdi.
Partiya boshida Sindorov katta ustunlikka ega bo‘ldi, kompyuter esa 25-yurishda uning g‘alaba imkoniyatlarini 4 ballga baholagan edi. Ammo aynan shu pallada Sindorov b7 yurishini ko‘rmay qoldi. Natijada, farzinlar va baʼzi yengil donalar almashdi, partiya teng endshpilga o‘tdi va durang bilan yakunlandi.
Qayd etish kerakki, turning avvalgi pallasida yuta olmaganiga qaramay, Javohir Sindorov 7 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi.

Shu turda eng yuqori reytingli raqobat — 4,5 ochko bilan ikkinchi va uchinchi o‘rinda turgan Fabiano Karuana va Anish Giri o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu o‘yinda Giri 5,5 ochko to‘plab, Sindorov bilan orasidagi ochkolar farqini 1,5 ga qisqartirdi.

Sindorov bugun 10-partiyani oq donalarda Hindistondan kelgan Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi o‘tkazadi.

Intervyusida u aytib o‘tdiki, 25-yurishdagi qarorga turnir jadvalidagi vaziyat va yana-da ishonchliroq o‘ynash istagi taʼsir qilgan. U turnirning boshida bo‘lganida ehtimol ko‘proq qatʼiyatli harakat qilgan bo‘lar edi.
«Menimcha, birinchi turda o‘ynaganimizda bu yo‘lni topgan bo‘lardim. Ammo bugun eʼtiborimni puxta o‘ynashga qaratdim. Endshpilda bitta piyodani oldim va shu ruhda davom etmoqchi edim, lekin uning f5 yurishini butunlay ko‘rmay qoldim. Bu harakat juda kuchli chiqdi», — dedi Sindorov Chess24‘ga bergan intervyusida.
Javohirning sabr va diqqati uni yana-da strategik va mehnatsevar o‘yinchi ekanini ko‘rsatmoqda, muxlislar esa uning keyingi partiyasiga katta umid bilan qaramoqda.































Izohlar 0
…