date

Munojat Alimboyevaga turmush o‘rtog‘i qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi

Munojat Alimboyevaga turmush o‘rtog‘i qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi

Aktrisa Munojat Alimboyeva ijtimoiy tarmoqlarda quvonchli voqeani muxlislari bilan bo‘lishdi. U turmush o‘rtog‘i tomonidan tayyorlangan kutilmagan sovg‘a — qimmatbaho avtomobilni katta hayajon bilan qabul qildi.

Aktrisa videoga izoh sifatida: “Shahrizoda qizimiz tug‘ilgan kuniga syurpriz bo‘ldi. Orzular amalga oshadi”, — deya yozgan. Sovg‘a topshirilish jarayonida Munojatning ko‘zlari bog‘langan holda olib kelinib, “Ayolimga” deb yozilgan yangi avtomobil taqdim etilgan.

Kutilmagan sovg‘adan hayratlangan aktrisa o‘z hissiyotlarini yashira olmadi va quvonchdan ko‘z yosh to‘kdi. U ushbu e’tibor va mehr uchun turmush o‘rtog‘iga minnatdorlik bildirib, bu lahzalar uning hayotidagi eng unutilmas onlardan biri bo‘lganini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Munojat Alimboyevaga turmush o‘rtog‘i qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi