Eron hujumlar oqibatida halok bo‘lganlar sonini ochiqladi

Eron rasmiylari AQSh va Isroil tomonidan amalga oshirilgan qurolli hujumlar oqibatida halok bo‘lganlar sonini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro davomida mamlakat bo‘ylab 3 mingdan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan.
Eron Sud tibbiyoti tashkiloti rahbari Abbos Masjadiy ta’kidlashicha, halok bo‘lganlarning qariyb 40 foiz jasadi tanib bo‘lmaydigan darajada bo‘lgan. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.
Shunga qaramay, sud tibbiyoti mutaxassislari zamonaviy usullar yordamida jasadlarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan va ularni yaqinlariga topshirgan. Ushbu holat mojaroning og‘ir oqibatlarini yana bir bor ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing