Foto:«Linerseao.ru»
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida «Soxta bloger odamlarni qo‘rqitib 500 AQSH dollari talab qildi» nomli sarlavhali xabar chiqdi. Holat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati prokuraturasi munosabatini ham o‘qidim.
Bir-ikkita mulohaza tug‘ildi. Do‘ppini tanchani ustiga qo‘yib bayon qilsam.
Birinchidan, «bloger» so‘zining birinchi planga chiqarilishiga e’tibor bering. Hozir internet turli-tuman fikrlar, tanqidlar makoniga aylangan. Ular ichida samimiy, nosamimiysini ajratish juda qiyin. Kimdir halq uchun, kimdir halqum uchun yozadi. Ammo halqumi uchun yozadiganlar jurnalistikaga, blogerlikka, ijodkorlikka qarshi provokatsiya, noto‘g‘ri qarash uchun xamirturush tayyorlab berishyapti. Kimdir uchun internetda bo‘layotgan barcha tanqidiy chiqishlarni qoralash uchun sabab topildi: «Ana bloger deysanlar, ahvolini ko‘rib qo‘y!». Tanqidiy materiallar tayyorlash va so‘z erkinligiga zarar beradi bu hol.
Kitob tumanida asosan faqat markazda internet ishlaydi. Odamlar yangiliklarni ko‘pincha TV orqali kuzatadi. Hali-hanuz internetni yomon ko‘rish, uni imkoniyatlaridan foydalanmasdan ko‘ngilochar va yengil fikrlar jamlanmasi deb bilish kuchli. Sifatli kontentni kuzatadiganlar kam. Internetni sal-pal tushungan chalasavodlar esa undan bilganicha foydalanib qolishga harakat qiladi. Yuqoridagi holatdan keyin oddiy odam «internetinggayam, blogeringgayam» devoradi.
«Soxta bloger», «norasmiy blogerlik faoliyati» degan tushunchalarning o‘zi bahsli. «Soxta jurnalist» bo‘lsa ham mayli. Internetda shaxsiy fikrini yozgan har qanday shaxsni bloger sifatida qabul qilmoq mumkin. Qaysidir yomon ishi uchun kimdandir bloger yasalib, salbiy bo‘yoq tortilishi kerak emas. Blogerlikni biron muassasa o‘qitmaydi, guvohnoma bermaydi, litsenziyalashtirmaydi. Xo‘sh, norasmiy so‘zi nega kerak?
Avval tumanimizda internet sifatini yaxshilaylik. Odamlar undan foydali ma’lumotlar olsin, xilma-xillikni o‘rgansin. Haqiqiy, jonkuyar blogerlarni tanisin. Hozircha internet bilan bog‘liq vaziyat quyidagicha:
1. Yoshi kattalar (ular ichida ziyolilar bor, internetni kuzatadi, lekin ko‘p emas) tarmoqni nokerak deb o‘ylaydi, rivojlantirmaslik tarafdori.
2. Yoshlar (ular ikkiga bo‘lingan, birinchi guruh internetdan ko‘ngilochar maqsadda foydalanadi, ikkinchisi haqiqatda foydalanuvchi va ma’lumot iste’mol qiluvchi)
Kimningdir kamchiligini topib, undan pul talab qilgan va Feysbukka joylagan odam biz biladigan bloger ham, ijodkor ham, nyusmeyker ham emas. U oddiy fitnachi va qonunbuzar xolos.
Bularning barchasi kaminaning shaxsiy qarashidir.
Ulug‘bek Oripov
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi