3 292
«Milliy tiklanish» gazetasi bosh muharriri senator Vorisovaning prokurorga shikoyati haqida (video)
Foto: «Milliy tiklanish» gazetasi
Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida o‘tkazilgan debatlar vaqtida «Milliy tiklanish» gazetasi bosh muharriri Mirodil Abdurahmonov XDP a’zosi Maqsuda Vorisova haqidagi maqolaga nima sababdan Xalq demokratik partiyasi rasmiy ravishda javob qaytarmasdan, senator gazeta ustidan prokuraturaga shikoyat qilganini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi bosh nashri bo‘lgan gazetaning anonsida «XDP a’zosi Maqsuda Vorisovaning Rossiya kommunistlari yetakchisi Gennadiy Zyuganovga qanday ‘qarindosh’ligi bor?» sarlavhali maqola chop etilishi bildirilgan. Anonsda maqolaga ishlangan kollaj ham keltirilgan bo‘lib, unda XDP va Rossiya kommunistlari partiyasi o‘rtasida mafkuraviy «qarindoshlik» borligiga ishora qilingan. Chunki mazkur siyosiy institut sobiq O‘zbekiston kommunistik partiyasi tugatilganidan so‘ng tashkil etilgan.
«Tasavvur qilyapsizmi, hali e’lon qilinmagan maqola uchun prokuraturaga murojaat qilinyapti. OAV erkin, ular o‘zining nuqtai nazarini o‘quvchiga yetkazishga harakat qilyapti. Bu nimadan dalolat beryapti? Bu XDP siyosiy jarayonlarda uyg‘onmayotganini, eskicha qoliplarda ishlayotganini ko‘rsatadi. Gazetada chiqqan anons bilan prokurorga murojaat qilish to‘g‘rimi? OAV haqida munosabat haqida gap ketyapti. Agar ikki marta prokurorga yozib berilsa, hech kim hech nima yozmay qo‘yadi. Biz nohaq bo‘lsak, nega XDP o‘zining gazetasida rasmiy javob qaytarmadi?», — deydi jurnalist.
XDP vakilining so‘zlariga ko‘ra, gazeta ustidan shikoyat qilish bu — Vorisovaning konstitutsiyaviy huquqi, bu uning shaxsiy ishi.
Ta’kidlanishicha, «Milliy tiklanish» gazetasida chop etilishi kerak bo‘lgan maqolada senator Maqsuda Vorisovaning bir yig‘ilishda ijtimoiy muhofazaga muhtoj xalqni himoya qilishni va’da qilgani, oradan bir hafta o‘tib esa Zyuganov ham xuddi shu gaplarni gapirgani haqida yozilgan.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi