23:13 / 21.12.2019
5 624

«100 dollar 90 so‘mga teng bo‘ladi»: ijtimoiy tarmoqlarda milliy valyutaning denominatsiya qilinishi to‘g‘risida soxta xabarlar paydo bo‘ldi

«100 dollar 90 so‘mga teng bo‘ladi»: ijtimoiy tarmoqlarda milliy valyutaning denominatsiya qilinishi to‘g‘risida soxta xabarlar paydo bo‘ldi
«Tasdiqlanmagan ma’lumotga ko‘ra, yangi pul birligi 10000:1 nisbatda muomalaga kiritiladi. Gap-so‘zlarga ko‘ra, eski va yangi so‘mlar 2020 yil davomida parallel ravishda amal qiladi. Plastik kartadagi pullar 2020 yil 1 yanvardan avtomatik ravishda to‘rtta nolni yo‘qotadi. Hozirda muomalada bo‘lgan 500, 1000, 5000, 10000, 50000 va 100000 so‘mlik pullar 2020 yil 31 dekabrga qadar parallel ravishda amalda bo‘ladi. Denominatsiyadan keyin 1000 so‘m - 10 tiyinga, 10000 so‘m – yangi 1 so‘mga teng bo‘ladi. 100 AQSH dollari 90 so‘m atrofida bo‘ladi», - deyiladi Facebook’dagi ayrim guruhlarda tarqalgan xabarda.

Foto: Facebook
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas. Bugungi kunda pul birligini denominatsiya qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan ko‘zda tutilmagan”, deb ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil boshida qator OAVda prezident Shavkat Mirziyoyev 100 000 so‘mlik yangi kupyurani valyutaning keyinchalik denominatsiyasi bilan chop etish to‘g‘risida ko‘rsatma bergani haqida xabarlar paydo bo‘lgan, O‘zbekiston Markaziy banki milliy valyutaning denominatsiyasi yuz bermasligini ma’lum qilgandi.

Mart oyi boshlarida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov O‘zbekistonda milliy valyutaning denominatsiyasini o‘tkazish vazifasi qo‘yilmaganini bildirdi.

Avgust oyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ham Markaziy bank raisi “Denominatsiya haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Bu hech kimning xayoliga ham kelgani yo‘q”, - degandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «100 dollar 90 so‘mga teng bo‘ladi»: ijtimoiy tarmoqlarda milliy valyutaning denominatsiya qilinishi to‘g‘risida soxta xabarlar paydo bo‘ldi