08:58 / 20.01.2020
2 090

Abdulla Aripov: O‘zbekistonda besh yilda 21 ming kilometrdan ortiq yo‘l ta’mirlanadi

Abdulla Aripov: O‘zbekistonda besh yilda 21 ming kilometrdan ortiq yo‘l ta’mirlanadi
Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zLiDeP Siyosiy kengashining 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekiston hukumatining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi.

Unda ta’kidlanishicha, rivojlangan va zamonaviy yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish masalalari ham O‘zbekiston hukumatining muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi.

Bu borada, rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rgangan holda, 2020—2030 yillarda O‘zbekiston avtoyo‘llarini rivojlantirish strategiyasi va O‘zbekistonning transport tizimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Mazkur strategiyalar ijrosini ta’minlash natijasida 2020—2025 yillarda jami 21 167 kilometr uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi va mintaqaviy ichki yo‘llar hamda 280 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar rekonstruksiya qilinadi.

«Shuningdek, 1 100 kilometr uzunlikdagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlab, xalqaro tranzit hajmini uch baravarga oshirishga erishiladi», — dedi bosh vazir Abdulla Aripov.

Qo‘shimcha qilishlaricha, 2035 yilgacha bo‘lgan davrda yillik yuk tashish hajmi 1,2 milliard tonnadan 2,5 milliard tonnaga, yo‘lovchi tashish hajmi 2019 yildagi 6 milliard yo‘lovchidan 9 milliard yo‘lovchiga yetkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abdulla Aripov: O‘zbekistonda besh yilda 21 ming kilometrdan ortiq yo‘l ta’mirlanadi