Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi.
Majlisda AOKA direktori v.b. Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva kelgusi mehnat faoliyatlarini nodavlat sektorda davom ettirish rejalari bilan bog‘liq murojaatlarini Prezident administratsiyasiga kiritishgani va ushbu murojaatlar Prezident administratsiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, qondirilgani haqida e’lon qilindi.
Tadbir doirasida Agentlik direktori v.b. K.Allamjonov va direktor o‘rinbosari S.Mirziyoyeva o‘z rahbarlik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari haqida qisqa hisobot berib, shuningdek, kelajakdagi jamoatchilik yo‘nalishi bilan bog‘liq rejalari borasida fikr bildirishdi.
Majlis yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Z.Nizomiddinov Agentlik tomonidan erishilgan yutuqlarni alohida ta’kidlab, K.Allamjonov va S.Mirziyoyevalarning respublikamizning OAV sohasida demokratik islohotlarni amalga oshirishda, jurnalist va blogerlarning huquqlarini himoya qilishda, davlat organlari rahbarlarining mass-media bilan o‘zaro munosabatlari samaradorligini oshirishdagi shaxsiy hissalarini yuqori baholab, O‘zbekiston davlati rivojlanishi yo‘lidagi kelgusi ishlariga zafarlar tiladi.
Saidjanov Dilshod Madraximovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi