Joriy yilning 19 fevral kuni Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXBning rejasiga asosan 3 nafar YPX inspektorlari va 1 nafar Transport boshqarmasi inspektori birgalikda Termiz shaxri Ibn Sino ko‘chasida noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar faoliyati yuzasidan reyd tadbiri o‘tkazishgan.
Tadbir davomida «Spark» rusumli avtomashina «3.27» yo‘l belgisiga amal qilmay to‘xtab yo‘lovchi olganligi sababli o‘rnatilgan tartibda to‘xtatilgan. Haydovchi avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini taqdim qilmasdan inspektorlarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Shuningdek, viloyat Transport boshqarmasi bosh inspektori B.Abdumajidovning yuziga musht tushirgan.
Ushbu holat yuzasidan haydovchi Termiz shaxar IIO FMB 2-sonli bo‘limiga olib borilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 135-moddasiga ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Holat yuzasidan Termiz shaxar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi