Bobur Bobomurod o‘zi va Shirin haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

  • 03 may 2017, 16:02
  • 30 200
  • Madaniyat
  • Bobur Bobomurod o‘zi va Shirin haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
    Farhod va Shirin dueti prodyuseri, shoir Bobur Bobomurod jurnalist Jasur Hamroyevning Facebook sahifasi orqali internet foydalanuvchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdi deb yozadi Darakchi nashri.

    Muxlislardan biri “Shirin bilan o‘rtangizda nima bor? Eshitishimcha, u bilan ishqiy munosabatda ekansiz?” deya savol berdi.

    “Atrofda aylanayotgan mish-mishlarga e’tibor bermaslik kerak. Bu narsa odamlarga kerak ekanki, gapirishadi. O‘zim haqimdagi mish-mishlarni keyinchalik eshitib qolaman.

    Odamlarga g‘iybat qilish yomon, mish-mish tarqatish gunoh deyman.

    Shirin kichkina qizcha edi. Uni hech kim tanimas edi. Shu qizcha yuzaga chiqdi. Katta-katta davlat tadbirlarida ishtirok etyapti. Stadionlarni to‘ldirib konsert beryapti. Oliygohlarda tahsil oldi. Hayotda o‘z o‘rnini topyati. Nimaga odamlar Shirin haqidagi mana shu gaplarni gapirmaydi?

    Shuning uchun bunday gap-so‘zlarga e’tibor bermaslik kerak. Bu mish-mishlar bizdan oldingi ustozlarda bo‘lmaganmi? Navoiy, Abdulla Oripov, Yulduz Usmonova yoki Sherali Jo‘raev haqida mish-mishlar tarqalmaganmi?”,—deydi Bobur Bobomurod bu savolga javoban.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bobur Bobomurod o‘zi va Shirin haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi