Ulug‘bek Rahmatullayev va Umidaxondan muxlislar uchun yangi duet — “Yondimey” (audio)

O‘zbek estradasining mashhur vakillari Ulug‘bek Rahmatullayev va Umidaxon muxlislar uchun yana bir yoqimli yangilik bilan chiqish qildi. Ijodkorlar birgalikda yangi duyet kuylab, uni 20 mart kuni tinglovchilar e’tiboriga havola etdi.
“Yondimey” deb nomlangan ushbu tarona YouTube platformasida premera qilindi. Hozircha qo‘shiq audio shaklida taqdim etilgan bo‘lsa-da, qisqa fursatda u muxlislar qalbidan joy olishga ulgurdi.
Tinglovchilar duyetni iliq kutib olib, qo‘shiqni yuqori baholashmoqda. Izohlarda ko‘pchilik ushbu tarona uchun tez orada chiroyli va mazmunli klip ham suratga olinishi kutilayotganini yozmoqda.
Muxlislar, shuningdek, Ulug‘bek Rahmatullayev va Umidaxonga ijodiy muvaffaqiyatlar tilab, ulardan kelgusida ham shunday yoqimli va sifatli duetlarni kutishini bildirishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!