date

Javohir Zokirov: “Otamning vafoti hayotimni tubdan o‘zgartirdi”

Javohir Zokirov: “Otamning vafoti hayotimni tubdan o‘zgartirdi”

Aktyor Javohir Zokirov “O‘zimizning gap” ko‘rsatuviga bergan intervyusida otasining vafotidan keyin boshidan kechirgan tuyg‘ulari va bu yo‘qotish uning hayotiga qanday ta’sir qilgani haqida samimiy so‘zlab berdi.

Ko‘rsatuv boshlovchisi unga: “Hayotingizda kimdir tug‘ilishi yoki yaqin insonni yo‘qotish insonni o‘zgartiradi, deb aytgansiz. Otangizning vafoti sizda ham o‘zgarishlarga sabab bo‘ldimi?” degan savol bilan murojaat qildi.

Aktyor bu savolga chuqur hayotiy javob qaytardi:

“Otamning vafoti men uchun hayotimdagi eng katta saboq bo‘ldi. Aynan o‘sha voqeadan keyin hayotimda katta o‘zgarishlar boshlandi. Chunki o‘sha paytda men o‘zimni anglay boshladim. Bu juda og‘ir yo‘qotish edi. Otamning bu qadar yosh vafot etishini hech o‘ylamagan edim. Hali hammasi oldinda edi.

O‘sha paytlarda umid yo‘q deyishsa ham men ishonardim. Keyinchalik angladimki, inson hayotining eng beg‘ubor davri — ota-onasi yonida bo‘lgan davr ekan. O‘shanda ko‘p narsani his qilmaymiz, anglamaymiz. Kattalarning so‘zlariga ham beparvo qaraymiz, ensamiz qotadi. Mening ham o‘sha paytlari xatoyim bo‘lgan.

Avvallari ertalabdan kechgacha ko‘chada yurardim, hayotga jiddiy qaramasdim. Lekin bugun tushunyapman — hammasi mehr va qadrlashda ekan.”

Aktyorning bu samimiy va hayotiy fikrlari ko‘plab tomoshabinlarga ta’sir qildi. Ko‘pchilik uning so‘zlariga qo‘shilib, ota-ona borligida ularni qadrlash zarurligini ta’kidlashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Javohir Zokirov: “Otamning vafoti hayotimni tubdan o‘zgartirdi”