Feruza Yusupovaning qizi 6 oylik bo‘ldi

Aktrisa Feruza Yusupova ijtimoiy tarmoqlarda yana bir quvonchli xabar bilan muxlislarini xursand qildi. U o‘zining sahifasiga qizalog‘i 6 oylik bo‘lganini anglatadigan samimiy foto post joyladi.
Aktrisa surat ostiga rus tilida “Моя маленькая милость от Всевышнего” deya yozib, o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etdi.
Suratlarda kichkina Shamsiya chiroyli gullar bilan bezatilgan “6” raqami fonida aks etgan. Yana bir rasmda esa aktrisa qizi bilan birga tushgan iliq va mehrga to‘la lahzalari tasvirlangan.

Yaqindagina ona bo‘lgan Feruza Yusupova uchun vaqt juda tez o‘tayotgandek — uning mitti farzandi allaqachon yarim yoshni qarshi oldi.
Mazkur post muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Izohlarda kuzatuvchilar bolajonga sog‘lik-salomatlik, baxtli kelajak tilab, aktrisaga samimiy tabriklar yo‘llashdi.
