18:02 / 03.08.2017
13 401

Abdullajon kinoga qaytdi

Abdullajon kinoga qaytdi
Rejissyor Zulfiqor Musoqovning "Abdullajon" filmidagi Abdullajon roli orqali muxlislarga yaxshi tanish aktyor Shuhrat Qayumov yana bir o‘zbek filmida suratga tushmoqda. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Film ijodkorlarining ma’lum qilishicha, mazkur yangi kartina "Temur" deb nomlangan bo‘lib, u jangari janrda.

Filmda bosh rollarni Alixan taxallusi bilan tanilgan Nurmuhammad Husniddinov hamda Elyor Mahkamovlar gavdalantirishmoqda. Shuningdek, kartinaga o‘zbek aktyorlaridan tashqari Gollywood hamda qozog‘istonlik aktyorlar ham jalb etilgani aytilmoqda.

Filmning dastlabki suratga olish ishlari shu yilning yoz oyi o‘rtalarida Jizzax viloyatida boshlangan. Film rejissyori Ayyub Shahobiddinov.

Ma’lumot uchun, “Abdullajon” filmi 1992 yilda ekranlarga chiqqan. Unda Abdulajonni taniqli operator Malik Qayumovning nabirasi Shuhrat Qayumov ijro etgan. Aktyor bugungi kunda operator sifatida faoliyat olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Abdullajon kinoga qaytdi