Yulduz Usmonova haqida “Primadonna” nomli yangi hujjatli film tayyorlanmoqda!

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova haqida “Primadonna” nomli hujjatli film suratga olinayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda xonandaning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berdi.
Xonanda ushbu loyiha haqida qisqa izoh qoldirib, “Bu hali boshlanishi — ‘Primadonna’. Tez kunda...” deb yozgan. Ushbu yozuvdan film ustidagi ishlar davom etayotgani, biroq uning aniq qachon namoyish etilishi hozircha noma’lum ekanini anglash mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, hujjatli film xonandaning ijodiy faoliyati va san’atdagi yo‘li haqida hikoya qilishi kutilmoqda. Yulduz Usmonova ko‘p yillardan buyon o‘zbek estradasining eng taniqli vakillaridan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa san’atkor muxlislari ushbu yangilikni iliq kutib oldi. Ko‘plab foydalanuvchilar filmni intizorlik bilan kutayotganini bildirib, Yulduz Usmonovani qo‘llab-quvvatlovchi fikrlar qoldirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!