Yulduz Rajabovaning siri ochildi: chin muhabbat uchun qizlarda eng muhim xislat

Mashhur aktrisa Yulduz Rajabova yaqinda bergan intervyusida chin baxtga erishish va haqiqiy sevgi topish uchun ayol kishida qaysi xislat bo‘lishi kerakligi haqida o‘z fikrini bildirdi.
Intervyu davomida unga “Chinakam sevgi va muhabbatni topish uchun ayol kishida talab qilinadigan eng go‘zal xislat nima?” degan savol berilganida, Yulduz Rajabova shunday dedi:
“Shuni bilamanki, har bir inson birovni yaxshi ko‘rishi uchun avvalo o‘zini yaxshi ko‘rishi kerak. O‘sha sevgi avvalo o‘zida bo‘lsa, inson uni boshqa inson bilan bo‘lisha oladi deb o‘ylayman.”
Aktrisaning fikricha, o‘zini sevish va qadrlash – bu nafaqat shaxsiy baxtning, balki sog‘lom munosabatlarning ham asosidir. O‘zini anglab, o‘z his-tuyg‘ulariga hurmat bilan qaraydigan inson, muhabbatni haqiqiy va samimiy tarzda boshqalar bilan bo‘lisha oladi.