AQShning Los-Anjeles shahrida an’anaviy HollyShorts filmlar festivali o‘tkazilmoqda. Bu tadbirda 40 daqiqa va undan kamroq hajmda bo‘lgan filmlari bilan butun dunyodan kinoijodkorlar ishtirok etishadi.
Festivalga 30dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha ishlar qabul qilinadi. Unda ijodkorlar nafaqat o‘z ishlarini namoyish qilishadi, balki bir-birlari bilan tanishishlari, tajriba almashishlari va kelajakda hamkorlik qilishlari uchun turli tadbirlar o‘tkaziladi.
Ushbu festivalda O‘zbekistondan Anvar Madraimov ham qatnashdi. U 1995 yilda, Toshkent shahrida tavallud topgan va 2013 yildan beri Nyu-York kino akademiyasida tahsil oladi.
HollyShorts filmlar festivalida esa Anvar o‘zining 20 daqiqalik A Birthday Card — «Tug‘ilgan kun otkritkasi» filmi bilan ishtirok etib, Best Youth — «Yoshlik yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi film» muallifi deb topildi.
Film treylerini IMDb kinolar tarmog‘i saytida tomosha qilish mumkin. To‘liq versiyasi esa yaqin orada internetga joylanadi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda