21:52 / 18.09.2016
7 317

Markaziy saylov komissiyasi ShHTga O‘zbekiston Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun rasmiy taklif yo‘lladi

Markaziy saylov komissiyasi ShHTga O‘zbekiston Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun rasmiy taklif yo‘lladi

18 sentyabr kuni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga rasmiy taklifnoma yo‘llab, 2016 yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etishga chaqirdi, deyiladi "Kun" nashrida.

ShHT tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. ShHT mamlakatlari etakchilari hindistonlik va pokistonlik hamkasblarining birlashmaning har bir ishtirokchisi uchun majburiy bo‘lgan amaldagi konvensiyalariga qo‘shilish to‘g‘risidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumlarni imzolagan. Hindiston va Pokistonning ShHTga qabul qilinish jarayoni 2015 yili ishga tushirilgan. Belarus, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega.

ShHT 2006 yildan buyon a’zo mamlakatlardagi saylovlarda kuzatuvchilikni amalga oshiradi. 2010–2015 yillarda ShHT besh mamlakatda, shu jumladan, Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondagi prezidentlik hamda parlament saylovlarida kuzatuvchilik qildi. O‘zbekistondagi 2015 yilgi prezidentlik saylovida ShHT kuzatuvchilari missiyasiga tashkilot Bosh kotibi D. Mezensev boshchilik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, MDH, Islom hamkorlik tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvni amalga oshirish uchun rasmiy taklifnomalar yo‘llagan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy saylov komissiyasi ShHTga O‘zbekiston Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun rasmiy taklif yo‘lladi