7 330
Prezident sovg‘alarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga etkazish boshlandi
Yangi yil arafasida joylarga etkaziladigan o‘quv anjomlari, turli shirinliklardan iborat «Prezident sovg‘alari» kichkintoylar uchun unutilmas tuhfa hisoblanadi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Bu yil ham O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, «Sen yolg‘iz emassan» respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan ushbu bayramni yuksak saviyada o‘tkazish uchun qizg‘in hozirlik ko‘rildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi Mehribonlik va Muruvvat uylari o‘g‘il-qizlari, «SOS – bolalar mahallalari» tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar uchun Prezidentning Yangi yil sovg‘alari etkazilmoqda.
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan taqdim etiladigan 12 nomdagi o‘quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan sovg‘alar tayyorlandi, — deydi Xalq ta’limi vazirligining axborot xizmati rahbari Bahriddin Shayvaliev. — Prezident sovg‘alari Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga avtotransportda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarga «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasining samolyotlari orqali joriy yilning 25—28 dekabr kunlari jadval asosida etkazib beriladi.
Sovg‘alar 29 dekabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan «Prezident archasi» tadbirlarida kichkintoylarga topshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi