6 083
To‘lovni plastik kartochkadan qabul qilishni rad etgan tadbirkor qariyb 15 mln so‘m jarimaga tortilishi mumkin
O‘zbekistonda 1 martdan boshlab chakana sadvo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari aholidan to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qiladigan terminallarsiz ishlashi mumkin emasligi haqida avval xabar berilgan edi.
O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlar sub’ektlari:
- naqd yoki plastik kartochka orqali hisob-kitob qilish shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirsa yo kamaytirsa, eng kam ish haqining 30 baravari (21 fevral holatiga ko‘ra — 4 493 250 so‘m);
- nazorat-kassa mashinalari va (yoki) hisob-kitob terminallarini ishlatish majburiy bo‘lgani holda ularni ishlatmaslik, xuddi shuningdek kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizasiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik eng kam ish haqining 30 baravari (21 fevral holatiga ko‘ra — 4 493 250 so‘m)dan 50 baravari (7 488 750 so‘m)gacha;
- plastik kartochkalar asosida to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik eng kam ish haqining yuz baravari miqdori (21 fevral holatiga ko‘ra — 14 977 500 so‘m)da jarima solishga sabab bo‘ladi.
DSQdan ma’lum qilishlaricha, agar sotuvchilar yo xizmat ko‘rsatuvchilar ushbu talablarga rioya etmasa, qo‘mitaning 244-98-98 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi