Rustam Azimov O‘zbekiston Turkiya bilan qaysi sohalarda hamkorlik boshlashi mumkinligi haqida gapirdi

  • 28 fevral 2017, 21:19
  • 4 899
  • O‘zbekiston
  • Rustam Azimov O‘zbekiston Turkiya bilan qaysi sohalarda hamkorlik boshlashi mumkinligi haqida gapirdi

    Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 27 fevral, dushanba kuni Istanbulda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Bu haqda Turkiya rahbari saytida ham ma’lum qilingan. Xabarda uchrashuv tafsilotlari keltirilmagan, deb yozadi Kun.uz nashri.

    Mahalliy nashrlarda yozilishicha, Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Tug‘rul Turkesh, iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi va milliy mudofaa vaziri Fikri Ishiq qatnashgan uchrashuv 1 soat vaqt davom etgan.

    O‘zbekiston delegasiyasi Istanbulda o‘zbek-turk biznes-forumida ishtirok etgan, uning yakunida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlar imzolangan.

    Anadolu agentligi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, elektronika, kimyo sanoati, turizm va logistika sohalarini o‘z ichiga oluvchi 10ta muhim sektorni belgilab olishgan.

    Forumda chiqish qilgan Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi o‘tgan yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etganini qayd etgan, shu bilan birga bu ko‘rsatkich imkoniyatlar darajasidan past etgani ta’kidlangan. U ikki davlat o‘rtasida 1995 yilda imzolangan investisiyalar bo‘yicha kelishuvni hamda erkin savdo haqidagi shartnomani qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.

    Turkiya tomoni statistik ma’lumotiga ko‘ra, 2016 yilda Turkiyadan O‘zbekistonga eksport hajmi 488,5 mln dollardan 533,3 mln dollarga o‘sgan, O‘zbekistondan import hajmi esa 711,5 mln dollardan 709,2 mln dollarga pasaygan.

    Rustam Azimov o‘z chiqishida, O‘zbekiston Turkiya bilan neftkimyo sohasida hamkorlik qilish niyatida ekanini aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2ta neftni qayta ishlash zavodi faoliyat ko‘rsatmoqda va uchinchisini qurish ishlari olib borilmoqda.

    «Biz O‘zbekistonda oltin, kumush va uran kabi foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida hamkorlik qilishimiz mumkin», — deya iqtibos keltiradi Anadolu bosh vazir o‘rinbosari so‘zlaridan.

    Temir va avtomobil yo‘llari qurilishi loyihalari ham hamkorlikning yana bir yo‘nalishi bo‘lishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi u.

    Rustam Azimov Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi mamlakat bo‘lganini eslab o‘tgan va degan: «O‘zbekiston xalqi buni hech qachon unutmaydi».

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rustam Azimov O‘zbekiston Turkiya bilan qaysi sohalarda hamkorlik boshlashi mumkinligi haqida gapirdi