13:16 / 22.03.2017
9 073

O‘zbekistonda 615ta dorixona faoliyati to‘xtatiladi

O‘zbekistonda 615ta dorixona faoliyati to‘xtatiladi
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan yuridik shaxslar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash tartibi qo‘pol ravishda buzilsa, ularga nisbattan qat’iy jazo qo‘llash va hatto lisenziyasini bekor qilish ko‘zda tutilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Shu kunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga 873ta murojaat kelib tushgan. Ular ichida 255 dorixonadagi narx-navolarda qonunbuzarlik holati kuzatilgani sababli ularning faoliyati 10 kun muddatga to‘xtatib qo‘yilgan.

Bundan tashqari, 615ta dorixonalarga nisbatan ularning faoliyatini to‘xtatish va xo‘jalik sudiga yuborish bo‘yicha qarorlar qabul qilingan.

Sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘ribosari qayd etishicha, dorixonalar faoliyati yuzasidan olib borilayotgan profilaktika ishlari o‘z samarasini beradi.

Iste’molchilarda mamlakatdagi mavjud dorixonalardagi dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifati va narxi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha hal etilmagan muammo, ariza, shikoyat yoki takliflar bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligining ushbu yo‘nalishda tashkil qilingan (0371) 242-84-16 raqamli Ishonch telefoni orqali murojaat qilishlari mumkin. Har bir murojaat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan ko‘rib chiqiladi, nazoratga olinadi va qonun doirasida hal etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 615ta dorixona faoliyati to‘xtatiladi