10:45 / 09.04.2017
11 612

Shavkat Mirziyoyev Imom Al-Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazi loyihasi bilan tanishdi


8 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda quriladigan Imom Al-Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazi loyihasi bilan tanishdi. Islom olamining buyuk olimi, faylasufi Imom Al-Buxoriy jahon madaniyati va ma’naviyatiga ulkan hissa qo‘shgan. Olim tomonidan bitilgan hadislar eng ishonchlilari hisoblanadi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

Shavkat Mirziyoyev buyuk olimning xotirasini abadiylashtirish va u qoldirgan merosni munosib ravishda o‘rganish uchun sharoitlar yaratish tashabbusini 2016 yil oktyabrda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida bildirgandi. Mart oyida bu taklif hujjatlar bilan mustahkamlandi: Shavkat Mirziyoyev olim nomidagi xalqaro tadqiqot markazini tashkillashtirish haqidagi qarorni imzoladi. Nisbatan ko‘p vaqt o‘tganiga qaramasdan, muzey, kutubxona, ilmiy majmuani o‘z ichiga oluvchi markaz loyihasi tayyor bo‘ldi va ma’qullandi.

Ma’lum qilinishicha, markaz 2 ming kv metr maydonda barpo etiladi. Markazda 200 kishilik anjumanlar zali, ma’ruzalar zallari, noyob va zamonaviy adabiyotlar saqlanadigan kutubxona, olimlar uchun xonalar barpo etiladi. Markaz yonida shu markazda ko‘p yillar davomida ishlaydigan olimlar uchun 2 ta turar joy binosi quriladi.

Markazning o‘zi milliy uslubda, fasadlarni bezashda oq rangdagi tosh, Samarqand uslubidagi keramik mayolikalar qo‘llangan holda bunyod etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Imom Al-Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazi loyihasi bilan tanishdi