Isroil zarbasi: “Basij” razvedkasi rahbari yo‘q qilindi

Yaqin Sharqdagi keskinlik yanada kuchaymoqda. Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 16 mart kuni amalga oshirilgan havo zarbalari natijasida Tehronda Eronning “Basij” razvedka bo‘limi rahbari Ismoil Ahmadiy yo‘q qilingan.
Manbaga ko‘ra, ushbu amaliyot Eron harbiy tuzilmalariga qarshi qaratilgan navbatdagi aniq zarbalardan biri bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, Ismoil Ahmadiy mamlakat ichida xavfsizlik va razvedka faoliyatida muhim o‘rin tutgan shaxs hisoblangan.
Shu bilan birga, uning bevosita rahbari — G‘ulom Rizo Sulaymoniy ham bir necha kun avval o‘tkazilgan havo hujumlari natijasida halok bo‘lgan edi.
Kuzatuvchilar fikricha, yuqori lavozimli harbiy shaxslarning ketma-ket yo‘q qilinishi mintaqadagi vaziyatni yanada murakkablashtirishi va qarama-qarshilikni kuchaytirishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!