date

Vuchich: Uchinchi jahon urushi alomatlari ko‘rinmoqda

Vuchich: Uchinchi jahon urushi alomatlari ko‘rinmoqda

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich jahondagi geosiyosiy vaziyatga doir keskin bayonot berib, hozirgi jarayonlarni Uchinchi jahon urushiga o‘xshatdi. Uning ta’kidlashicha, hozirgi voqealarga o‘xshash voqealar dastlabki ikki jahon urushining boshida ham sodir bo‘lgan.

Davlat rahbari ta’kidlashicha, tarixga nazar tashlansa, Birinchi jahon urushi va Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin ham shunga yaqin siyosiy va harbiy qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan. Uning aytishicha, bugungi kunda ham global maydonda katta davlatlar o‘rtasida ta’sir doirasi va resurslar uchun kurash kuchayib bormoqda.

Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi geosiyosiy qarama-qarshilikda bir tomonda AQSH, Buyuk Britaniya, Isroil va Yevropa Ittifoqi tursa, ikkinchi tomonda Rossiya, Eron hamda Xitoy kabi davlatlar joylashgan.

U yana qayd etishicha, Yaqin Sharqdagi boshqa mamlakatlar ham yaqin vaqt ichida ushbu qarama-qarshilikka jalb qilinishi mumkin. Bu esa mintaqadagi vaziyatni yanada murakkablashtirishi ehtimolini oshiradi.

Shu bilan birga, Avstraliya va Janubiy Koreya kabi davlatlar ham AQSH tomonida turib, Rossiyaga qarshi qurol-yarog‘ yetkazib berish orqali bilvosita ishtirok etayotganini ta’kidladi.

Kuzatuvchilar fikricha, bunday keskin bayonotlar xalqaro munosabatlardagi taranglik kuchayib borayotganini ko‘rsatadi va global xavfsizlik masalalari yanada dolzarblashganini anglatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Vuchich: Uchinchi jahon urushi alomatlari ko‘rinmoqda