date

Hormuz va Qizil dengiz: internet uzilishi xavfi bormi?

Hormuz va Qizil dengiz: internet uzilishi xavfi bormi?

Jahondagi muhim dengiz yo‘llari — Hormuz bo‘g‘ozi va Qizil dengiz atrofidagi ehtimoliy blokada nafaqat energetika bozori, balki global internet tizimi uchun ham jiddiy tahdid solishi mumkin.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, aynan shu yo‘nalishlar orqali o‘nlab suv osti internet kabellari o‘tadi. Ushbu infratuzilma orqali jahon internet trafigining taxminan 17–30 foizi uzatiladi va Yevropa, Osiyo hamda Afrika qit’alari o‘zaro bog‘lanadi.

Hozirgi keskin vaziyat sabab, kabel o‘rnatish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi kemalar jangovar hududlarda ish olib bora olmayapti. Xususan, Alcatel Submarine Networks fors-major holatini e’lon qilib, yirik Meta/2Africa Pearls kabel loyihasi doirasidagi ishlarini vaqtincha to‘xtatgan.

Ekspertlar fikricha, agar ushbu kabellarga zarar yetkazilsa, bu global miqyosda jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Jumladan, internet tezligining keskin pasayishi, bank tizimlari, bulutli xizmatlar va sun’iy intellekt platformalarining ishida uzilishlar kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.

E’tiborlisi, hatto tinch sharoitda ham bunday suv osti kabellarini ta’mirlash 5–6 oygacha vaqt oladi. Demak, ehtimoliy uzilishlar nafaqat qisqa muddatli, balki uzoq davom etadigan global ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Hormuz va Qizil dengiz: internet uzilishi xavfi bormi?