09:42 / 14.04.2017
6 537

Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytiriladi

Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytiriladi
2017 yil 30 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining 1-majlisi bo‘lib o‘tgan. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan va joylarga ishni tashkillashtirish bilan bog‘liq hujjatlar yuborildi. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta prokurori Erkin Yo‘ldoshev ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Ushbu komissiya qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida ham Korrupsiyaga qarshi kurash idoralararo komissiyasining tarkibi shakllantirildi va ish rejasining loyihasi ishlab chiqildi. Komissiyaning birinchi yig‘ilishi shu yilning 20 apreliga qadar o‘tkazilib, unda komissiyaning shaxsiy tarkibi va ish rejasi tasdiqlanadi.

2017-1018 yillarda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar aholi o‘rtasida, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari, yoshlar bilan bilan o‘tkaziladigan bo‘lishi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha moliya, statistika, bojxona, ichki ishlar, prokuratura, sud va yana ko‘plab sohalar vakillaridan iborat maqsadli guruhlar shakllanlantirildi. Bu guruhlar, soliq va valyutaga oid qonunbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, davlat organlari, bank, nazorat tekshiruv, tadbirkorlik faoliyati, nodavlat tashkilotlari bojxona amaliyoti sohalarida korrupsiyaga murosasizlik muhitini shakllantirish bilan bog‘liq tizimli faoliyatni amalga oshirishi rejalashtirilmoqda.

Davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning o‘zida korrupsiya holatlariga murosasizlik muhitini barqaror shakllantirish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Prokuratura, soliq, bojxona, ichki ishlar va boshqa davlat idoralari safida ham korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan yot unsurlar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Bu jarayonda oshkoralikni ta’minlash va ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik qilish vazifalariga jiddiy yondoshilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytiriladi