18:10 / 18.04.2017
5 847

Toshkent va Ostona avtobozorni qanday taqsimlab oladi?

Toshkent va Ostona avtobozorni qanday taqsimlab oladi?
Avtoishlab chiqaruvchilar bo‘lmish Qozog‘iston va O‘zbekiston nafaqat raqobatchilar, balkim hamkorlar bo‘lishi ham mumkin. Qozog‘istondagi OAVda har ikki mamlakat avtosanoatini solishtirilib, ayni paytdagi vaziyat va istiqbollar haqida fikr yuritildi.

Markaziy Osiyoda avtomobil sanoati Qozog‘iston va O‘zbekistonda mavjud. Shu sababli Osiyo bozorlari uchun asosiy kurash mintaqaning shu ikki davlati o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Respublikalardagi bu soha nechog‘lik muvaffaqiyatli ekanligi o‘rganishga loyiq masala. Boz ustiga, Toshkentga ham, Ostonaga ham bu sohada bir biriga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan narsalar bisyor.

O‘zbekiston avtosanoatidan nimalarni o‘rganish mumkin?

Birinchidan — uzoq muddatli rejalashtirish omili. O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoati o‘zi alohida soha qilib ajratilgan va strategik muhim soha statusiga ega. Shu sababli Toshkent bugun avtomobilsozlik sanoatini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini amalga oshirmoqda.

Qozog‘istonda avtosanoat yanada keng miqyosli loyihalarga integrasiya qilingan. Agar u avvaliga 2010–2014 yillarda mashinasozlikni riavojlashtirish Dasturi doirasida rivojlangan bo‘lsa, keyinchalik jarayon 2015 yilgacha bo‘lgan Transport strategiyasi, ya’ni nafaqat avtomobilsozlik, shuningdek, temir yo‘l, shahar, yo‘lovchi, havo va suv transportlarini qamrab olgan loyihani hisobga olib, rivojlana boshladi. Shundan so‘ng avtomobilsozlik sanoati Qozog‘iston Respublikasini 2015–2019 yillarda sanoat-innovasion rivojlantirish dasturiga bir element sifatida qo‘shildi.

Ikkinchidan — ishlab chiqarishni mahalliylashgtirish (lokalizasiya) darajasining pastligi. O‘zbekistonda avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi o‘nlab korxonalar tuzilgan. Bugungi kunda detallarning 60 foizga yaqini mamlakat ichida tayyorlanmoqda, Qozog‘istonda esa bu ko‘rsatkich 2 barobar kam — 33 foiz.

Bugun O‘zbekiston avtomobilsozlik sohasi "O‘zavtosanoat" AJ tarkibiga kiruvchi 200 dan ziyod korxona va tashkilotlarni qamrab olgan. Bundan tashqari, kompaniya tarkibiga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi 25 ta yirik va 160 dan ziyod mayda ishlab chiqaruvchilar kiradi.

Uchinchidan — avtosanoatning turdosh sohalarga ijobiy ta’siri. Ma’lumki, avtomobilsozlikning rivojlanishi iqtisodiyotning boshqa sohalariga multiplikativ ta’sir o‘tkazadi. Masalan, avtomobil sanoatida birgina yangi ishchi o‘rinining yaratilishi turdosh sohalarda 3 tadan 11 tagacha yangi ishchi o‘rinlarining yaratilishiga sabab bo‘ladi. Gar metallurgiya, kimyoviy, tekstil sanoatlari, shuningdek, ehtiyot qismlari ishlab chiqarish, transport va xizmat sohasi haqida bormoqda.

Buning oqibatida ikki respublika o‘rtasida aholini avtomobilsozlik sanoati korxonalariga jalb qilishda katta farq yuzaga kelgan. Ayni paytda O‘zbekistonda bu sohada 27 ming kishi mehnat qilmoqda. Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 18 ming kishini tashkil etadi.

To‘rtinchidan — milliy avtomobillarning o‘ziga o‘xshash xorijiy, foydalanilgan avtomobillarga nisbatan raqobatbardosh emasligi. O‘zbekistonda shu paytgacha eksportning asosiy qismini eskirgan modellar: Nexia (1984 yilgi Opel Kadett o‘xshashi), Matiz (1982 yilgi Suzuki Alto asosida yaratilgan) tashkil etardi. Qozog‘istonda bu — Lada 4×4 «Niva» (1977 yilgi VAZ-2121 bazaviy modeli) va LADA Granta (originali 2011 yilda ishlab chiqarila boshlangan).

Beshinchidan — milliy avtoishlab chiqaruvchilarni kompleks himoya qilish. Agar Qozog‘istonda avtomobil olib kirish Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) texnik reglamenti bilan cheklangan bo‘lsa, O‘zbekistonda olib kirilayotgan avtomobil narxining 50–100 foizi miqdorida orasidagi boj joriy etilgan. Bir tomondan bu yaxshi, chunki davlat shu yo‘l bilan milliy avto ishlab chiqaruvchilarni himoyalamoqda. Ikkinchi tomondan, avtomobilsozlarda tashqi raqobat bo‘lmagach, ichki bozorda o‘zi istagan narxlarni joriy etish uchun real imkoniyat paydo bo‘ladi. Bu erda davlat (bu O‘zbekistonga ham, Qozog‘istonga ham taalluqli) avtomobilning potensial xaridorlari bo‘lmish oddiy fuqarolarni emas, milliy avtobiznes manfaatini himoya qila boshlaydi.

Ishlash uchun yo‘nalishlar

Bugun har ikki respublika "o‘z milliy avtosanoati"ni rivojlantira turib, qo‘shnilarni savdo bozori sifatida ko‘rib, o‘z o‘rnini egallashga harakat qilmoqda. Lekin bitta muammo bor: Tojikiston va Qirg‘iziston ma’lum moliyviy-iqtisodiy muammolari sabab Toshkent va Ostonaga bunday imkoniyatlarni taqdim eta olmaydi. Boshqa yaqin qo‘shnilar Rossiya va Xitoy ham milliy, ham xorijiy avtomobillarni o‘zida ishlab chiqarib, avtomobilsozlik sanoatini puxta o‘zlashtirib olishgan. Kamiga, ular ham avtomobil eksport qilishadi. Har ikki davlat Markaziy Osiyoda o‘z avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishgan.

Bu tomondan qaralganda, Qozog‘iston va O‘zbekiston uchun ushbu sohada ikkitomonlama hamkorlik qilish, shuningdek o‘z mahsuloti oqimini ichki bozorga yo‘naltirishda ma’lum bir taqsimoatga amal qilish zaruriyati paydo bo‘ladi. Biroq, o‘zbek avtomobilsozlari uchun asosiy eksport yo‘nalishi hamon Rossiya va Qozog‘iston bo‘lib qolayotgan esa-da, Qozog‘iston uchun o‘zbek bozori hamon yopiq. Yo‘q, formal jihatdan u ochiq, biroq import avtomobillar uchun joriy qilingan bojxona yig‘imlari ularni o‘zbek avtobozorida raqobatbardosh bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydi.

Ichki bozorlar tilga olinsa, aksariyat qozog‘istonliklar uchun tanganing devalvasiya qilinishi oqibatida yangi avtomobil xarid qilish ushalmas orzu bo‘lib qolmoqda. Mashinalar parkining ahvoli ham bundan dalolat berib turibdi. Masalan, 12 yildan ziyod foydalanilayotgan mashinalar soni Qozog‘istondagi mashinalar umumiy sonining 80 foizini tashkil etadi. Qozog‘iston avtoparki EOII va MDHdagi eng eskisi hisoblanadi.

Biroq, davlat g‘arb davlatlarida muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilayotgan "Trade in" dasturini kuchga kiritsa, imtiyozli kreditlash va boshqa tashabbuslarni ko‘rsatsa, milliy avtosanoatda rivojlanish uchun yangi rag‘bat paydo bo‘ladi. Bu, iqtisodiy bo‘hronga qaramasdan sekin o‘sishda davom etayotgan O‘zbekiston avtobozoriga ham taalluqli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent va Ostona avtobozorni qanday taqsimlab oladi?