16:01 / 25.04.2017
6 918

26 aprel kuni O‘zbekistonda o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi

26 aprel kuni O‘zbekistonda o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 26 aprel kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 28-30 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 10-15, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 2200 metrdan baland hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja issiq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 26 aprel kuni O‘zbekistonda o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi