O‘zbekiston so‘mi 21ga kirdi

  • 01 iyul 2015, 14:09
  • 5 971
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekiston so‘mi 21ga kirdi

    Bugun, 1 iyul kuni, O‘zbekiston milliy valyutasi – so‘mning muomalaga kiritilganiga 21 yil bo‘ldi.

    1994 yilning 16 iyun kuni O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq o‘sha yilning 1 iyulidan so‘m joriy qilindi. O‘shanda 1, 3, 5, 10, 25, 50 va so‘mlik qog‘oz banknotalar hamda 1, 3, 5, 10, 20 va 50 tiyinlik tangalar muomalaga kiritilgan edi, deb yozadi Kun.uz.

    1997 yilning 1 martidan 200 so‘mlik banknota hamda 1, 5 va 10 so‘mlik tangalar muomalaga kiritildi.
    2000 yilning 1 iyunidan 500 so‘mlik, 2001 yilning 1 sentyabridan esa 1 000 so‘mlik banknotalar joriy qilindi.
    2005 yilning 1 iyulida valyutaning 10 yilligi munosabati bilan 100 so‘mlik tanga iste’molga kiritildi. 2011 yilning 1 sentyabrida esa 20 yillik munosabati bilan 500 so‘mlik tanga zarb qilindi.

    Nihoyat, 2013 yilning 1 iyulidan hozircha eng yirik kupyura – 5 000 so‘mlik banknota muomalaga kiritildi.
    Qog‘oz pullar va banknotalarni zarb qilish huquqi O‘zbekiston markaziy bankiga tegishlidir.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston so‘mi 21ga kirdi