Toshkent metropolitenida mobil aloqa va shahardagi parklar, dam olish maskanlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida bepul simsiz internet qachon paydo bo‘lishi masalasiga oydinlik kiritildi, deb yozadi Kun.uz nashri. O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov shu haqda berilgan savolga javob berar ekan, har safar ushbu masala muhokama qilinishi boshlanganida, dunyoning qaysidir nuqtasidagi metro bekatida terrorchilik akti sodir etiladi.
"Shu sababli, fuqarolarning xavfsizlik masalasi kun tartibiga chiqadi. Chunki, portlovchi qurilmalarni mobil telefon vositasida masofadan harakatga keltirish mumkin. Biroq, bu metroda hech qachon mobil va internet aloqa bo‘lmasligini anglatmaydi", — dedi vazir vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov.
Uning ta’kidlashicha, metropoliten rahbariyati bilan bu masaladagi muzokaralar olib borilmoqda, shu bilan birga, bugungi kunda metroda mobil aloqa va internet bo‘lishi zamon talabidir. Shu sababli mazkur loyihani "O‘zbektelekom" AJning sho‘’ba korxonasi “Uzmobile” tomonidan amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Shermatov, shuningdek, mamlakatda jamoat transportining boshqa turlari va umumiy foydalanishdagi jamoat joylari, xususan, parklar, xiyobonlar, yirik savdo majmualari va dam olish maskanlarini bepul wi-fi tarmoqlari bilan ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilayotganini qayd etdi. Ayni vaqtda, uning me’yoriy-huquqiy jihatlari ishlab chiqilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi