O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 may kuni Islom taraqqiyoti banki prezidenti Bandar Hojar bilan uchrashdi. Uchrashuv Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tarshifi doirasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tomonlar O‘zbekiston va ITB o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv vaqtida hamkorlikni yanada rivojlantirish, uni yangi darajaga ko‘tarish uchun ulkan salohiyat mavjudligi qayd qilindi. Yangi loyihalarni tayyorlash, hamkorlik ko‘lamini kengaytirish maqsadida turli darajadagi delegasiyalar bilan almashish bo‘yicha harakatlar dasturini ishlab chiqishga qaror qilindi.
Tomonlar, shuningdek, ITBning Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida insoniyatning taraqqiyoti uchun bebaho hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganishga ixtisoslashgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etishdagi ishtiroki istiqbollari haqida fikrlar almashdilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston va ITB o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra O‘zbekiston hukumati va ITB o‘rtasidagi Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini yaratish haqidagi hamfikrlik Memorandumi imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi