13:16 / 03.07.2017
5 684

O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati +44-45 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati +44-45 darajagacha ko‘tariladi
3-9 iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab jazirama kuzatiladi. Ba’zi hududlarda havo harorati +45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Gidrometeorologiya markazidan ma’lum qilinishicha, shu kunlarda havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 4-6 daraja yuqori bo‘ladi. Kunduzi harorat o‘rtacha +38…+43 darajaga etadi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida harorat +44…+45 darajagacha ko‘tariladi, garmsel ehtimoli bor.

Havo harorati ko‘tarilishi munosabati bilan 3-9 iyul kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘ hududlarida Tojikiston hamda Qirg‘izistondagi muzlarning erishidan hosil bo‘lgan sel oqimlari kuzatilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati +44-45 darajagacha ko‘tariladi