20:50 / 24.12.2017
7 046

Moliya vazirligida bir kunda 50 kishi ishdan bo‘shatildi

Moliya vazirligida bir kunda 50 kishi ishdan bo‘shatildi
23 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari yoppasiga ishdan bo‘shatildi. Kun.uz manbasi bergan axborotga ko‘ra, vazirlikda kamida 50 kishi ishdan ketgan.

Ishdan bo‘shatilganlar orasida boshqarma boshliqlari Irina Golыsheva (Soliq va bojxona tarif-siyosati boshqarmasi), Sh.Haydarov (Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi) hamda A.Abdullayev (Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilg‘i-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi) ham bor. Shuningdek, ikki nafar boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlari ishdan olingan.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, ommaviy ravishda ishdan bo‘shatishga Moliya vazirligidagi kamchiliklar, byudjet xalqchil qilinmagani va yil davomidagi boshqa ko‘plab muammolar sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida Moliya vazirligida tozalash ishlari o‘tkazishga buyruq bergandi.

U O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga yuzlanib, vazirlikni tozalashga 10 kun muhlat bergan, «yosh bo‘lsada, Vatanni sevadigan odamlar»ni ishga olishga chaqirgandi. Aks holda Qo‘chqorovning o‘zi ishdan ketishi haqida ogohlantirilgandi.

Prezident Jamshid Qo‘chqorovning joriy faoliyatidan noroziligini bildirarkan, u taqdim etgan hisobotlarda Ostrogorskiy ta’siri borligini ta’kidlagandi.

Prezident «Ostrogorskiy» deb Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi sobiq boshlig‘i Ella Ostrogojskayani nazarda tutgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Moliya vazirligida bir kunda 50 kishi ishdan bo‘shatildi