«O‘zneftmahsulot» AK: Avtobenzin masalasidagi shov-shuvlar o‘rinsiz!

  • 10 noyabr 2015, 12:15
  • 5 866
  • O‘zbekiston
  • «O‘zneftmahsulot» AK: Avtobenzin masalasidagi shov-shuvlar o‘rinsiz!

    Keyingi paytda O‘zbekistonning turli hududlari, xususan, Toshkent shahrida benzin taqchilligi yuzaga kelib, AYoQShlarda navbat ko‘paydi. «O‘zneftmahsulot» AK mazkur holat yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda Kompaniya matbuot xizmatiga asoslanib Daryo nashri xabar bermoqda.

    «Respublikamizning ayrim hududlaridagi, shu jumladan, Toshkent shahridagi ba’zi AYoQShlarda avtobenzinga bo‘lgan navbat ko‘payib, aholiga muayyan darajada noqulaylik tug‘dirmoqda va e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Tahlillarimizga ko‘ra, bunday holatga ayrim shov-shuv ishqibozlarining «Yonilg‘i ishlab chiqarish kamayib ketganligi sababli, avtobenzin taqchilligi yuzaga kelib, uning narxi oshar ekan», degan uydirmalariga ishongan ba’zi hamyurtlarimizning avtobenzinni mumkin qadar ko‘proq zaxira qilib olishga harakat qilayotganligi ham sabab bo‘lmoqda», — deya ta’kidlanadi bayonotda.

    «O‘zneftmahsulot» AK vakillarining ishontirishicha, «mamlakatda avtobenzin va boshqa YoMMlar ta’minoti bo‘yicha muammo yo‘q, bo‘lmaydi ham. Respublikada jahon standartlariga javob beradigan barcha yonilg‘i-moylash mahsulotlari etarli miqdorda ishlab chiqarilmoqda. Neft xomashyosi nafaqat mamlakat ichki ehtiyojini qondirish, balki muayyan miqdordagi yonilg‘i-moylash mahsulotlarini eksport qilish uchun ham etarli miqdorda qazib chiqarilib, qayta ishlanmoqda».

    Ayni kunlarda yuzaga kelgan mazkur muammoni hal etish, kamchiliklarni bartaraf etish, aholini avtobenzinga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. «O‘zneftmahsulot» AK avtomobilga yonilg‘i quyish jarayonida iste’molchilar, shuningdek, yonilg‘i quyuvchilarning tashmachilik va chayqovchilik ilinjida amalga oshirilayotgan harakatlari yuzasidan joylardagi vakillari, nazorat organlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zdavneftgazinspeksiya» (268-04-50) va kompaniya (231-14-21) ishonch telefonlariga ma’lum qilish, turli shov-shuvlarga ishonmaslikni so‘ragan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «O‘zneftmahsulot» AK: Avtobenzin masalasidagi shov-shuvlar o‘rinsiz!