O‘zbekiston va Britaniya savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

  • 19 noyabr 2015, 21:55
  • 4 656
  • O‘zbekiston
  • Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashining 22-yig‘ilishi joriy yilning 18 noyabrida Londonda bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati.

    O‘zbekiston va Britaniya savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

    O‘BSSKning 22-yig‘ilishi Buyuk Britaniya tomonidan kengash hamraisi Avliyo Mixail va Avliyo Georgiy, Qirolicha Viktoriya va Britaniya Imperiyasining A’lo ordeni sohibi Barbara Hey raisligida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondan tashrif buyurgan, iqtisodiyotning turli soha vakillaridan tashkil topgan O‘zbekiston delegasiyasiga esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosadi Javlon Vahobov boshchilik qildi.

    Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegasiyasi britaniyalik hamkorlarni mamlakatning tadbirkorlik va iqtisodiy muhit hamda neft-gaz, kimyo, farmasevtika, energetika, konchilik, oziq-ovqat sanoati kabi sohalarda ikki-tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlari haqida boxabar qildi.

    Bundan tashqari, 80 ga yaqin Britaniya korxonalari vakillari O‘zbekistonda bir qator investisiya loyihalarida ishtirok etish imkoni hamda Respublika hukumatining tuzilmaviy islohotlar, sanoatni modernizasiyalash va diversifikasiyalash, shuningdek, infratuzilmalarni rivojlantirish va xususiylashtirish borasida strategik dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan harakatlari haqida ma’lumot oldi.

    Anjuman doirasida Britaniya korxonalari ham O‘zbekistonning sanoati, ilm-fan va ta’lim kabi turli sohalariga taklif qila oladigan imkoniyatlarni O‘zbekiston tomoni vakillariga namoyish qildi.

    Buyuk Britaniya va O‘zbekiston delegasiyalari vakillari o‘rnatilgan aloqalarni O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan qabul marosimi davomida mustahkamladi.

    Shuningdek, Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Javlon Vahobov Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari janob Tobias Ellvud bilan uchrashdi.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston va Britaniya savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi